TKTI da sport musobaqlari davom etmoqda

27.09.2019

Toshkent kimyo texnologiya institutida 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan professor-o’qtuvchilar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari bo’yicha prorektor X.Po’latov va TKTI kasaba uyushmasi raisi M. Qoraxadjayeva tamonidan ochib berildi.

Sportning uch turi bo’yicha TENNIS, VOLEYBOL, SHAXMAT o’yinlarida professor o’qituvchilar qizg’in bahs olib bordilar.

Musobaqaning yakuniy natijalarida Valeybol bo‘yicha 1-o‘rin “Menejment va kasbiy ta’limi” fakulteti, 2-o‘rin, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiya fakulteti, 3-o‘rin Noorganik moddalar kimyoviy texnilogiyasi fakulteti, Tennis musobaqasida 1-o‘rin Mashayev Eldor, 2-o‘rin Payonov Bekzod fakulteti, 3- o‘rin Boborajabov B, Shaxmat musobaqasida 1-o‘rin Boboyev A, 2- o‘rin Xaydarov A, 3-o‘rinni Xadjayev S egallashdi. Goliblar 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan taqdirlandilar.