Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashriflar davom etmoqda…

03.10.2019

Bugungi kunda Prezidentimiz tamonidan 5 ta muhum tashabbus qabul qilinganligi yoshlarimizda kitobga, sportga, musiqaga, san’atga va axborot texnologiyalari qiziqishlarini ortishiga sabab bo’lmoqda. Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha Toshkent kimyo texnologiya institutida ham tizimli ishlarni tashkil etib kelinmoqda.

TKTI instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi  fakulteti talabalari Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubhonamizga tashrif buyurishdi. U yerda talabalar milliy kutubxonamiz qavatlar bo’yicha badiy, ilmiy tadqiqot, O’zbekistonning siyosiy, Yuridik adabiyot manbalari, Ilmiy avtoreferat, dissertatsiyalar, jurnallar manbalaridan foydalanish, xorijiy adabiyotlar axborotini o’rganish oynalarini va axborot kommunikatsiya vositalaridan yani, kompyuter elektron smart display, Wi Fi lardan foydalanish kunikmasini murabbiy ishtirokida o’rganishdi va a’zo bo’lishdi.

Talablarimiz  talabalikning o’ziga hos kutubxona va unda ishlash bahtiga muyassar bo’lganligi ularning taassurot hislari yuz ifodasidan kurinib turdi.

Talabalarimiz  Milliy kutubhonamiz yuksak did bilan kelajak avlod uchun yaratilgan   sharoitlarni qulayliklarni ko’rib kelajakda o’zlari uchun maqsadlar qo’yib olishdi.  Talabalarimizni asosan milliy kutubxonamiz xorijiy adabiyotlar bo’limlari o’ziga jalb qildi. Ular horijiy tillarda asosan koreys, ingiliz, rus adabiyotlari manbalariga alohida etibor berishdi. Talabalar tashriflaridan mamnun holatda Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonani tark etishdi.

TKTI matbuot xizmati