Rektor va talabalar o’rtasida ochiq muloqot o’tkazildi

05.10.2019

Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor Sh.A.Mutalovning talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Ushbu an’ana davomi sifatida 5 oktyabr kuni rektorning “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti talabalari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Muloqot doirasida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘qish jarayoni, talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari va tartibi, talabaning odob-axloq qoidalari bilan tanishtirildi. Bundan tashqari muloqot jarayonida talabalar o’rtasida institutda yaratilgan shart sharoitlat, professor o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi o’zaro munosabat, rahbar hodimlar tamonidan murojatlarning hal qilinishi, institdagi o’tkazilyotgan tadbirlar samarasi kabi mavzularda so’rovnomalar o’tkazildi.

Ochiq muloqot chog’ida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kelajakda yurtimiz ta’lim tizimida samarali mehnat qilish eng asosiy maqsadlari ekanligini ta’kidladilar.. O‘z navbatida rektor talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi va "talaba” degan nomga sazovor bo’lgan 1-kurs talabalarni tabriklab, ularga o‘qishlarida omadlar tiladi.