Mogilyov davlat oziq-ovqat universiteti prorektori A.V. Akulichning Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrifi

01.11.2019

Qo’shma o’quv dastur doirasida 2019 yil 31 oktyabr kuni Toshkent davlat kimyo-texnologiya institutiga Mogilyo’v davlat oziq-ovqat universiteti Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, Belorus Respublikasida xizmat ko’rastgan ixtirochi, Texnika fanlari doktori, professor A.V.Akulich oliy o’quv yurtlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi.

Professor A.V. Akulich talabalarni TKTI-MDOU qo'shma o'quv dasturi, o'quv sharoitlari va MDOUning ilmiy faoliyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, qo'shma dastur asosida tahsil olayotgan talabalar o'qish va Universitet faoliyati o’qish jarayonlari, shart-sharoitlarga oid savollarga javob oldilar.