Nobel mukofoti sovrindori – Toshkent kimyo texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

04.11.2019

Joriy yilning 4-noyabr kuni, Isroil Texnologiya Institutining “Materialshunoslik va injineriya” kafedrasi professori, Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman Toshkent kimyo texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

Dan Shextman 2004 yildan beri Ayova Universitetining Eyms laboratoriyasida faoliyat yuritmoqda. Isroillik fizik va kimyogar, “kvazikristal”larni kashf etgani bois 2011 yilda kimyo bo‘yicha Nobel' mukofoti sovrini bilan mukofotlangan.

Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman Toshkent kimyo texnologiya instituning yosh mutaxassislari, bakalavr, magistrant va doktorantlari uchun “Demografiya, Texnologik tadbirkorlik va O’zbekistonning kelajagi” mavzusida taqdimot o’tkazdi, shuningdek institutning ilmiy labaratoriyalari bilan yaqindan tanishdi. 

Mashhur olimning Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrifi yoshlarining ilmiy tadqiqot ishlariga bo‘lgani qiziqishi ortishida, ularning o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, tanlagan sohasida ijobiy yutuqlarga erishishida sezilarli turtki bo‘lishini institut rektori Shuxrat Mutalov takidlab o’tdi.