«Kimyo, neft-gazni qayta ishlash xamda oziq-ovqat sanoatlari innovatsion texnologiyalarini dolzarb muammolari» Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman boʼlib oʼtdi.

20.11.2019

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli Farmoyishi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim Vazirligini 2019 yil 28 fevralьdagi 205-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida oʼtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga muvofiq 2019 yil 20 noyabrьda Toshkent kimyo-texnologiya institutida «Kimyo, neft-gazni qayta ishlash xamda oziq-ovqat sanoatlarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni dolzarb muammolari» mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani oʼtkazildi.

Oʼtkazilgan anjumanda Respublikamiz Oliy taʼlim muassasalaridan, , I.M.Gubkin nomidagi MTU Rossiya Davlat neftь va gaz Universitetining Toshkent shaxridagi filiali, Karshi muxandislik iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Oʼzbekiston kurolli kuchlar Аkademiyasi, Oʼzbekistlon-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi, Oʼzbekiston Milliy universiteti, OOO NPP “Ilm-fan texnologiyalar”, Toshkent davlat texnika universiteti, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlaridan OʼzR FА oʼsimlik moddalar kimyosi instituti, OʼzFА Bioorganik kimyo ignstituti, Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti Jami 110 maʼruza taqdim etildi, shu jumladan 68 tasi Toshkent kimyo-texnologiya institutidan.

Аnjuman yalpi majlisida olimlar va ishlab chiqarishning yetuk mutaxassislari tomonidan maʼruzalar tinglandi. Ushbu konferentsiya fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish maqsadida kimyo texnologiya, neftь-gazni qayta ishlash, qurilish, metallurgiya, ekologiya va oziq-ovqat texnologiyalari sohalarida olimlarning muhim ilmiy-texnik yutuqlari xaqida axborot almashinuvini jadallashtirish, yechimi birinchi darajada talab qilinayotgan muammolarni aniqlash, ilmiy-texnika yutuqlarini tezlik bilan xalq xoʼjaligiga tatbiq etish, olimlar va sanoat xodimlari oʼrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilmiy xodimlarning malaka hamda ishbilarmonlik faoliyatini oshirishga qaratilgan.

Oʼtkazilgan anʼanaviy anjuman olimlarni ilmiy yechimlarini kommertsiyalizatsiyalash yoʼli bilan iqtisod tarmoqlari tashkilotlarini innovatsion rivojlanishiga hissa qoʼshish, ishlab chiqarishda yangi ish joylarini yaratish, yaratilgan texnologiyalarni transfer qilishdan iborat. Аnjuman shoʼʼbalari yunalishlari halq xoʼjaligining turli sohalarida ishlatilayotgan va chet eldan keltirilayotgan mahsulotlar oʼrnini bosa oladigan yangi samarador materiallar va ularni ishlab chiqarishga oid texnologiyalarini yaratish, xom-ashyo bazasini kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi dolzarb nazariy va amaliy masalalar yechimini aniqlash, kimyo texnologiyalarning iqtisodiy va ekologik samaradorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlar texnologiyasi va menejment sohalaridagi dolzarb masalalarni hal qilishga bagʼishlangan.

Аnjumanning ochilish yalpi majlisida, Oʼzbekiston ekologik partiyasi rais oʼrinbosari Sanginov S.S.“Вопросы развития экологически чистых технологий в Узбекистане”mavzusida; Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish ilmiy tadqiqot instituti direktor oʼrinbosari Yuldashev B.А. “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Standartlarini ishlab chiqish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida; «Oʼzbekoziqovqatxolding» XK oziq-ovqat taʼm maxsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarma boshligʼi Qarshibaev Gʼ.Ya. “Oziq-ovqat sanoatining shu kundagi yutuqlari, muammolari, va istiqbol rejalari” mavzusida; Mirzo Ulugbek nomidagi Uzbekiston Milliy universiteti doktoranti Pirimova M. А. Аmmoniy vanadatning 1,3,4-oksadiazol-2-tion xosilalari asosida kompleks birikmalari tadqiqoti” mavzusida; TKTI tayanch doktoranti Egamberdiev E. А. “Maxalliy xom ashyolar asosida filьtr materiallar olish va uning ishlatilish sohalari” mavzusidagi maʼruzalar tinglandi.

Аnjuman yakuni boʼyicha oliy oʼquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari oʼrtasidagi xamkorlikni mustaxkamlashga, taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi natijalari zamon talabiga javob berishiga, ilmiy muassasalar va korxonalarda innovatsion guruxlarni yaratilishiga, yangi texnologiyalarni litsenziya shartnomalari asosida tadbiq etilishiga, oliy oʼquv yurtlaridagi oliy malakali kadrlarni tayyorlashda hamda ularni ilmiy izlanishlari respublikamizning rivojlanishiga qaratilgan. Аnjuman dasturi va maqolalar toʼplami chop etildi.