TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTINING HAMKORLIK ALOQALARI DAVOM ETMOQDA.

29.11.2019

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 2018 yil 12-14 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifidan so‘ng Belarus Respublikasining bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya Belarusiya davlat texnologiyalar universiteteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan edi. Ushbu hamkorlik shartnomasiga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Belarus davlat texnologiyalar universitetetida TKTIning 7 nafar magistr talabalari ta’limning ikkinchi bosqichini davom ettirmoqdalar.

Joriy yilning 29 noyabr kuni Belorussiya davlat texnologiyalar universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Dormeshkin Oleg Borisovich Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda qo’shma dastur o‘quv rejalarini tasdiqlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mobaynida ilmiy-innovatsion soxalarda tomonlar fikr almashdilar. Ushbu uchrashuv ikki tamonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.