Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-о‘qituvchi va xodimlarini horijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtiroki

02.12.2019

Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-о‘qituvchi va xodimlari uchun ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va korxonalarida 1-3 oylik malaka oshirish va 3-12 oylik stajirovka dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari mavjud:

1. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bо‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan о‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etib malaka oshirish va stajirovka dasturlarida jamg‘arma stipendiyasini qо‘lga kiritish. Sarf-xarajatlar tо‘liq “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

2. Institutlararo akademik almashinuv dasturlarda ishtirok etish. Sarf-xarajatlar qisman yoki tо‘liq akademik almashinuv dasturi tomonidan qoplanadi (Cantabria Universiteti, Oviedo Universiteti, Alba Yuliya Universiteti, West Timisoara Universiteti, Copengagen Universiteti, Chexiya Tabiiy fanlar universiteti).

3. Turli halqaro loyiha va tanlovlarda ishtirok etib, loyiha tomonidan moliyalashtiriladigan seminar-trening, malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etish.

4. Xorijiy xamkor OTM taklifiga asosan chet el universitetida dars berish, malaka oshirish yoki stajirovka о‘tish.

5. ERASMUS+, HORIZON-2020, Marie Skłodowska-Curie Actions, DAAD, ITEC, JICA, KOICA, UNESCO, Fulbright, TECHWOMAN, MEVLANA va boshqa halqaro dasturlarida ishtirok etish.

 

Horijiy OTM va ITI da malaka oshirish va stajirovka otagan professor-o’qituvchi va hodimlar:

2019 yil

“Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.S. Djandullayeva - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida malaka oshirish.

“Organik kimyo va og‘ir organik sintez” kafedrasining katta о‘qituvchisi N.S.Matkarimova - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida malaka oshirish.

“Silikat materiallar va kamyob, nodir metallar texnologiyasi” kafedrasining katta о‘qituvchisi Z.T.Matkarimov - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida malaka oshirish.

“Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasining katta о‘qituvchisi A.N.Boboqulov - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida malaka oshirish.

Katta o‘qituvchi Jamshid Sayfullayevich Qayumov - Rossiya Federatsiyasi Qozon milliy tadqiqotlar texnologiyasi Universitetida malaka oshirish.

“Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi katta о‘qituvchisi Bobir Xolqberdiyevich Ismoilov - Belorussiya Davlat texnologiya universitetida bir oylik malaka oshirish.

“Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi katta о‘qituvchisi Butayev Xurshid Shoyimovichning - Rossiya Federatsiyasi Qozon milliy tadqiqotlar texnologiyasi Universitetida malaka oshirish.

“Noorganik Moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti dekani Abduraximova A.U. va “Sanoat ekologiyasi” kafedrasining assistenti Niyozov D.B. “Rosatom Texnik akademiyasi”da “AES-2006 loyihasining texnologik jihatlari (VVER-1200 turdagi reaktorlar bilan)” o’quv kursida ishtiroki.

“Fizika va elektrotexnika” kafedrasi dotsenti О‘.T Asatov va assistenti D.Razmuxammedovning 11-16.11.2019 yili Ural Federal Universiteti va Rosatom Texnik akademiyasida “Yadro fanlari va texnologiyalari markazining tarkibiy qismi sifatida kо‘p maqsadli radiatsiya markazi” о‘quv kursida ishtiroki.

“Kimyoviy texnologiya jarayon va qurilmalari” kafedrasi mudiri Sadokat Shonazarovna Abdullayeva - Kantabriya Universitetida malaka oshirish.

“Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi mudiri Adham Norqobilov - Kantabriya Universitetida taklif etilgan professor sifatida dars berdi.

“Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi professori Zebo Abdullaevna Babaxanova - Oviedo Universitetida taklif etilgan professor sifatida dars berdi.

“Sanoat ekologiyasi” kafedrasi assistenti A.A. Maqsudova - “Alba Yuliya 1918-yil 1-dekabr Universiteti”da taklif etilgan o’qituvchisi sifatida dars berdi.