Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari "Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi"ga tashrif buyurishdi.

06.01.2020

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda kadrlar muammosi borligini aytgan edi. Ko‘p o‘tmay, bu masalani tag zaminidan o‘rganish va hal etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida mislsiz islohotlar boshlandi.

Avvalo, maktabgacha ta’lim tizimi rivojlantirilib, poydevor mustahkamlandi. O‘quv dargohlariga, pedagoglarga e’tibor kuchaydi.

Bilimli bolalarni aniqlab, chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish, talab yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi shunday ta’lim maskanlaridan yana biridir.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili mazkur maktabni qurishga doir loyihalar bilan tanishgan edi. Yaqinda poytaxtimiz Toshkentda ushbu zamonaviy dargoh foydalanishga topshirildi.

4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri boshchiligida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasasi rektorlari va xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari direktorlari hamda malaka oshirish tarmoq markazlari direktorlari bilan birgalikda "Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi"ga tashrif buyurishdi.

4-yanvar kuni Oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari "Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi"ga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni maktab direktori kutib olib, ularni Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi

Maktab binosining virtual xaritasi

 

Shiftdagi chiroqlar sensor tizimida ishlaydi. Qadam bosganingiz zahozi chiroqlar avtomatik tarzda yonadi. Ketishingiz bilan avtomatik tarzda "o'chadi"

 

IT sohasiga kadrlarni tayyorlovchi va amaliy ishlanmalarni kompyuterga tushiruvchi o'quv xonasi. Eng qi'zig'i maktab o'quvchilari maktab davridayoq o'z Start up loyixalari, ishlanmalari o'rqali pul topishlari mumkin!!!

 

Robototexnika xonasi

 

Bu yerda ilk marotaba o'quvchilarga "Robototexnika" bo'yicha darslar o'zbek tilidagi adabiyotlarda o'tiladi

 

ROBO-Mashina

 

O'quvchilar uchun mo'ljallangan "AQLLI" oshxona

 

OLTINGA TENG SO'ZLAR!!!

 

Bu oddiy "Mexnat" darsi xonasi

 

Robotexnika xonasi

Kichik majlislar xonasi

O'quv xonasi

 

Zinalarda Kimyo, Matematika, Fizika faniga oid formulalar yozilgan

 

Ajotib KUTUBXONA

Musiqa xonasi

 

"Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi"ning virtual xaritasi

Barcha o'quvchilar ozru qiladigan SPORT ZAL

Ochiq sport maydonchasi:

-Sun'iy futbol maydonchasi;

-Volleyboll maydonchasi;

-Basketbol maydonchasi;

-Tennis maydoni...

 

 

Tobora urf bo'lib borayotgan Cybersport xonasi

Free WI-fI zona

 

Katta majlislar zali. 27-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Yoshlar bilan aynan manashu ajoyib binoda uchrashgan edilar...