Huquqbuzarliklarni oldini olish asosiy vazifamiz

09.01.2020

2019 yilning 8 yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “YOshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda YOshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor X.L. Po‘latov, Ijtimoiy siyosiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Mamatqulov, Shayxontoxur tuman IIB, xodimlari, Fakultet dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘z ma’ruzalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni hohlashi va tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, mamlakatimizda: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etilgan bo‘lib, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Xozirgi kunda yurtimizda aholining asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Hammamizning oldimizda turgan eng muhim masala bu yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, chunki, yoshlar bizning kelajagimiz.

Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.