TKTI va UzKorGaz korxonasi o’rtasida qo’shma tadbir tashkil qilindi.

09.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan oliy ta’lim o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash bo‘yicha bir qator farmonlarida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent kimyo texnologiya institutida ilmiy-tadqiqotlarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 8yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida «UzKorGaz majmuasi: yutuqlar, muammolar va innovatsion rivojlanish istiqbollari» mavzusida qo’shma tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ishlab chiqaruvchi korxonalar va O’liy ta’lim o’rtasida xamkorligini keng yo’lga qo’yish maqsadida sohaga oid yangi texnalogiyalar, yangi jarayonlar bilan yaqindan tanishtirish korxonalar bilan kimyo-texnologiya ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish kabi masalalar xaqida malumotlar almashdilar. Tadbirda olimlar, ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar ishtirok etdilar.

O’quv ishlari bo’yicha prorektor T.T. Safarov bugungi kunda Toshkent kimyo texnologiya instituti respublikadagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘z nufuzi, mavqeiga ega. Institut ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, institut ilmiy-amaliy potensialini yanada oshirish maqsadida tegishli korxona va tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

UzKorGaz korxonasidan tashrif buyurgan Bosh texnolog Ostonov O’ktam, Matkarimov Mirodil sanoatini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini yaxshilash, soha uchun etuk kadrlar tayyorlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.

 

Bundan tashqari korxonadagi muammolar yechimini ilmiy tamondan xal etish maqsadida “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedrasi”, “Neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi” va “Organik kimyo va og’ir organik sintez kimyoviy texnologiyasi kafedrasi” professor-o’qituvchilari tamonidan o’rganib chiqib xal etish yo’llarini topib birgalikda tadbiq qilish kelishib olindi.