“VATAN-MUQADDAS, UNI XIMOYA QILISH SHARAFLI BURCHDIR”

10.01.2020

Vatan – bu har bir insonning kindik qoni to‘kilgan maskani, ilk qadam bosgan joyi, unib-o‘sgan maskani. Vatanni ulug‘lab “Ona”ga tenglashtiriladi. Dono xalqimiz “Vatan – ostonadan boshlanadi” deya ta’lim beradi. Har bir inson uchun yurt tinchligi va xotirjamligi borasida amalga oshiradigan ishlari o‘z oilasining, mahallasining, farzanlariyu, yaqinlarining tinchligi uchun qilgan xayrli amallari hisoblanadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo texnologiya instituti hududida, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida, “VATAN-MUQADDAS, UNI XIMOYA QILISH SHARAFLI BURCHDIR!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi tashkil etildi.

 

Tadbirga Shayxontoxur tumani 99172 sonli xarbiy qism kursantlari, podpolkovnik Muxtor Shokirov, podpolkovnik Atham Shoxakimov, “Iste’dod” badiy havaskorlar jamoasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Shayxontoxur tuman mahalliy kengashi raisi o’rinbosari Shokirjon Qudratov, O’zbek millliy akademik drama teatri aktrisasi Feruza Boboyorovalar tashrif buyurishdi.

Tadbirni institut rektori Sh.A.Mutalov kirish so‘zlari bilan ochib berdi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi” hamda 14 yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan barcha yigitlarni tabriklab, kirib kelayotgan bayram bilan harbiylarimizni samimiy muborakbod etdi.

 

Tadbirning badiiy qismini “Iste’dod” badiiy havaskorlar jamoasi vatanni madh etuvchi kuy qo’shiqlari bilan ochiq berdilar.

O’zbek millliy akademik drama teatri aktrisasi Feruza Boboyorova va institutimiz faol talabalari barcha Vatan ximoyachilariga o’z tabriklarini yo’lladilar.

99172 sonli xarbiy qism kursantlari ishtirokida “VATAN XIMOYA QILISH MUQADDAS BURCHDIR” nomli jangovor sahna ko’rinishlarini namoyish qildilar.

 

 

 

 

 

 

 

Yakunda institutimiz rektori Mutalov Sh.A 99172 sonli xarbiy qism kursantlari, podpolkovnik Muxtor Shokirov, podpolkovnik Atham Shoxakimov, “Iste’dod” badiy havaskorlar jamoasiga tashakkurnoma va esdalik sovg’alarini topshirdilar.

 

Tadbir yakunida harbiy qurol-aslaxalar, harbiy mashinalar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.