“Fayzli Toshkent” aksiyasida “Yosh Volontyorlar” jamoasi ishtirok etdi

03.02.2020

Xalqimizning insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, mehr-oqibat, xayr-saxovat, begʻaraz yordam kabi olijanob tuygʻularini keng targʻib etadigan qadriyatlari orasida hasharning oʻrni beqiyos.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini taʼminlash yuzasidan ham bir qator ishlar bajarilmoqda. Bundan tashqari Toshkent shahar hokimligida poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasini tashkil qilindi.

Xususan, bir guruh volontyorlar guruhi yoshlari tomonidan Shayxontohur tumani, Qoratosh mahallasi hududlari atrofini obodonlashtirib, ariq va koʻchalarni turli chiqindilardan tozalandi. Yoshlarning saʼy-harakati bilan maydon va xiyobonlar, koʻp qavatli uylar, hovlilar, bogʻlar, ziyoratgohlar, qabristonlar tartibga keltirildi. Daraxtlarga shakl berilib, keraksiz chiqindilar chiqarib tashalmoqda.

 

 

 

 

Yoshlar hashari tufayli barcha goʻshalar obod va fayzli maskanlarga aylanishi rost. Chunki, xalqimizning hayotidan koʻngli toʻlib, ertangi kunga intilishi, ishonchi ortgan bir davrda bu kabi qadriyatlar barchani yagona maqsad yoʻlida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuygʻusini shakllantirishga ham xizmat qiladi.