"REKTOR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI

07.02.2020

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

6-fevral kuni O'zbek Milliy akademik drama teatrida 2019 yilning 27-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvda va joriy yilning 24-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o'rganish va keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan "REKTOR VA YOSHLAR" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirni institutimiz rektori Sh.A. Mutalov 2019 yilning 27-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarga aytgan fikrlari bilan ochib berdilar.

Rektorimiz nutqlari davomida prezidentimizning yoshlarga bildirgan fiklari, endilikda yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta'lim muassasalaridagi o'zgarishlar haqida to'xtalib o'tdilar.

"REKTOR VA YOSHLAR" uchrashuvida institutimizda faoliyat yuritayotgan akademiklar, O'zbekiston xalq artistlari Yoqub Axmedov,Tesha Mo'minov va Gavhar Zokirovalar ishtirok etishdi.

 

Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, yoshlar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganligi ta’kidlandi.

Ushbu uchrashuv mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Do‘stona o‘tgan uchrashuvga yig‘ilgan talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdlar. O‘z navbatida uchrashuvga taklif qilingan mehmonlar ham o‘zining talabalarik yillarini xotirladi, o‘tmish va bugunni solishtirib, yoshlik yillaridagi voqealardan so‘zlab berdi.

Bugungi tadbirni noodatiy tashkil etilganidan maqsad ham yoshlar bilan yanada yaqin bo‘lish, ular ichiga kirib borish, kerak bo‘lsa ular bilan birga orzu qilishdir. Jamiyatimizga o‘zgacha yondashuvga ega, salohiyati baland va yangicha fikrlaydigan yoshlar kerak. Biz bu davradan ana shunday yoshlarimizni topamiz.

Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.

TKTI matbuot xizmati