"REKTOR VA IQTIDORLI YOSHLAR" UCHRASHUVI

12.02.2020

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

12-fevral  kuni Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti va Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultetining eng iqtidorli, fanlarni a'lo baxolarga o'zlashtirgan talabalar bilan "REKTOR VA YOSHLAR" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "elita qatlamdagi talabalarga" xalqaro grantlar, stipendiyalar, xalqaro va ichki fan olimpiadalari xaqida ma'lumotlar berildi.

 

Uchrashuvda institut rektori tomonidan bildirilgan fikrlarni ayrimlarini keltirib o'tamiz:

-Fakultetlardagi muammolarni yoritinglar. Fakultetlarda jamoatchilik nazorati oshadi! Qani fakultet bloggerlari?

-Matematika- bizga Fikrlashni o'rgatadi!

-Talabalarimiz Xalqaro Olimpiadalarda qatnashishsin. Borib Kelish xarajatlarini biz qoplaymiz.

Do‘stona o‘tgan uchrashuvga yig‘ilgan talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdlar

Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.

13-fevral kuni boshqa fakultet talabalari uchun uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan.