Rektor va talabalar uchrashuvi

27.02.2020

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor bilan barcha fakultet talabalarining jonli muloqoti odat tusiga aylandi. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

18-27 fevral kunlarii Toshkent kimyo texnologiya institutining rektori B.Sh.Usmonov institutining Yoqilg’i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi va Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi talaba yoshlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda universitet rektori B.Usmonov fakultet miqyosida olib borilayotgan ishlar, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga to’xtalib, amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar xususida takliflar berdi.

1. Raqobatdosh kadrlarni yaratish asosiy maqsad ekanligi:

2. Talaba yoshlarning ilimiy ishlar bilan shug’illanishlariga ko’proq vaqt ajkratishlariz zarur ekanligi.

3. Mexnat bozorida Institut bitiruvchi talabalar o’z o’rinlariga ega bo’lishlari zarur ekanligi

4. Talabalar tamonidan professor o’qituvchilarni dars mashg’lotlari davomida savolar berish orqali ularni yanada o’z ustilarida ishlashga undashlari zarur ekanligi.

5. Magsitratura bosqichida taqsil olayotgan talabarni magistrlik ishidan tashqari  mavzular berilib ularni kafedra oldida tushuntirib berishlari Institut rektori tamonidan takidlandi

Ochiq muloqot ko’rinishini olgan tadbirda talabalar oliygoh rahbariyatidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o’zlarini takliflarini ham bildirib o’tdilar.

Uchrashuvda talaba yoshlar tamonidan quydagi muammolar ko’tarildi.

1. Professor-o’qituvchilarni bilimini talabalar tamonidan anonym tarzda online ravishda yo’lga qo’yish(bu tizim tkti.uz saytida mavjud ovoztsti.uz )

2. Dars mashg’ulotlarini inovatsion texnologiyalardan foydalinish.

3. O’quv mashg’ulot xonalari tozaligiga etibor berish zarurligi talabalar tamonidan tashabbus ko’rsatildi.

 

Institut miqyosida ishlab chiqaruvchi sexlarni tashkil qilinishi va bu institut talabalari uchun bir vaqtning o’zida shu yerning o’zida amaliyot olib borishlari uchun imkoniyat yatratilishi talabalar tamonidan taklif sifatida berildi