“OILA HAQIDA DILDAGI GAPLAR”

27.02.2020

Toshkent kimyo texnologiya institutida 2020 yil 26 fevral kuni “Oila haqida dildagi gaplar” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir  Toshkent kimyo texnologiya instituti Kasaba uyushmasi va Institut xotin-qizlar qo‘mitasi  tomonidan tashkil qilindi. Bu tadbirda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi etakchi mutaxassisi psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Feruza Akmalovna  Akramova,  O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktrisalari O‘zbekiston xalq artistlari Gavharxonim Zokirova va Zuxra Ashirova, institut xotin-qizlar kengashi raisi G.Aripovalar ishtirok etishdi.

Tadbir haqiqatdan ham oila haqidagi dildagi suhbatlar  bilan bo‘lib o‘tdi. Har bir mutaxassis oila haqida o‘z fikrlarini hayotiy misollar bilan keltirishdi.

Institut kasaba uyushmasi raisi Maxfuza Karaxodjaeva,- “ Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur  ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglashimizni, tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizga ayonligini, ammo bugun kishilarimizga ana shu hakikatni aytsangiz sizga: “Nima qilay, ishlamasang bo‘lmasa!”, “Ko‘ryapsiz-ku, osonmas, hayot tashvishlari, bolalarning eb-ichishiyu, kiyim kechagi ...”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...” kabi javoblarni qaytarishlarini ta’kidladi.

So‘z navbati psixolog Feruza Akmalovna Akramovaga, so‘ngra Gavhar Zokirova va Zuxra Ashurovalarga, TKTI Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Aripovaga berildi. Tadbir ayollar bilan savol-javoblar asosida juda qiziqarli o‘tdi.