Toshkent kimyo-texnologiya institutiga М.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti vakillarining tashrifi

26.02.2020

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 2020 yilning 25 fevral  kuni institutning ko’p yillik akademik hamkori - М.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Hamkorlar “Тo'qimachilik va oziq-ovqat muhandisligi” oliy maktabi dekani G.S Kenjiboyeva, “Oziq-ovqat xavfsizligi texnologiyasi” kafedrasi mudiri A.U Shingizov, “To'qimachilik materiallarini loyihalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri T.U Tochataev, “Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasi” kafedrasi mudiri I. S Kim, “Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasi” kafedrasi dotsenti R.T Kaldibaev TKTInin o’quv ishlari boyicha prorektori T.Safarov, “Oziq-ovqat maxsulotlar texnologiyasi” fakulteti dekani A. Yulchiev, Oziq ovqat texnologiyasi va havfsizligi kafedra mudirlari, hamda institut halqaro hamkorlik bo’limi boshligi Z.Babaxanova bilan uchrashdilar.

Tashrifdan foto lavha 2020 yil, 25 fevral

Uchrashuv vaqtida tomonlar OTMlararo imzolangan Memorandumga asosan talaba va oqituvchilarni akademik almashinuvi, doktorantlar stajirovkalarini kelishib oldilar. Hamda qo’sh diplom ( 2+2 ) asosida bakalavr tayyorlash imkoniyatlarini ko’rib chiqidilar.

2018-2019 oquv yilida ikki nafar M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston Davlat Universitetining professor o’qituvchilari TKTI talabalariga dars o’tdi. 2019 yilda M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston Davlat Universitetining 3 nafar PhD doktoranti TKTIda ilmiy stajirovka, 1 nafar doktoranti ilmiy amaliyot o’tadi.

Ikki nafar TKTI professor o’qituvchilari M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston Davlat Universiteti talabalariga dars berdi.

__________________________________________________________________

TKTI Xalqaro Hamkorlik bo'limi.
Telefon: +998712447726

https://t.me/tkti_international