"Ayol - mehr-muhabbat siymosi"

06.03.2020

Jori yilning 5- mart O'zbek milliy akademik drama teatrida 8- mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan “Ayol - mehr-muhabbat siymosi” deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent kimyo texnologiya institutining professor-o’qituvchilari mehmonlar el ardog’idagi san’atkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirni institutimiz rektori Botir Shukurullaevich Usmonov ochib berdilar va  professor-o'qituvchilarga, talaba qizlarga va jonkuyar xodimalarga o'z bayram tabriklarini aytib, tashrif buyurgan ustozlarimizga mashaqqatli ishlarida omadlar tiladilar.

O'zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Xojiakbar Komilov va Tolib Mo'minovlar o'z tilaklari bilan davom ettirdilar.

8-mart bayram munosabati bilan bir necha yillardan beri institutimizda faoliyat yuritayotgan va institutimiz rivojida ulkan xissa qo'shib kelayotgan bir qancha ustozlarimiz va xodimalarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini topshirdilar.

 

Talabalarimiz tomonidan tayyorlangan "ajoyib" she'riy va kuy qo’shiqlar kompozitsiya tadbir qatnashchilarini qalblarini yanada jumbushga keltirdi.

Bayramga ko’tarinki rux va ustozlarimizni tabriklash uchun O'zbekiston Davlat Konservatoriyasidan Komila Rustamova tashrif buyurib, onalarimiz uchun madxiya kabi bo'lib qolgan

"Bu mening onam" qo'shig'ini ijro etdi. Qo'shiq davomida faol talabalarimiz tomoshabin professor-o'qituvchilar, go'zal qizlarga gullar ulashdilar.

Tadbirning davomiy qismi O'zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi tamonidan tayyorlangan  "QIRMIZI OLMA" spektakli Ayollarimizga yanada shukux, ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. 

Aziz opa-singillar, xurmatli professor-o'qituvchilar, go'zal qizlar barchangizni 8- mart Xalqaro-xotin qizlar kuni muborak bo'lsin.