“Yangi O‘zbekiston sharoitida migratsiya masalasi”

06.03.2020

Joriy yilning 5-mart kuni “Yangi O‘zbekiston sharoitida migratsiya masalasi” mavzusida Toshkent kimyo-texnologiya institutida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni YOshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori X.L.Pulatov kirish so‘zlari bilan ochib berdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish  kabi bir qator masalalar belgilab berilganligi haqida so‘z yuritdi

 

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi katta inspektori, mayor, Rozikov Abduholiq Ismatullaevich O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligini tushuntirib berdi.

 

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi  O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar berish va akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqilib, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilinishi, mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda jarohatlanish, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat ko‘rsatish talab etilgan fuqarolarga, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan to‘lash imkoniyati bo‘lmagan hollarda to‘langan mablag‘lar ushbu fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.

 

Tadbir so’ngida Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.