“XOTIRA VA G‘ALABA RUHI”

11.03.2020

Joriy yilning 10 mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “XOTIRA VA G‘ALABA RUHI” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirga Vatanparvar fidoiylar badiiy jamoasi raxbari, mayor Alisher Xamraev ham tashrif buyurdi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori X.L. Pulatov uchrashuvni kirish so‘zlari bilan ochib berdi. Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

 

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga etish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. 9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.  II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi.

Vatanparvar fidoiylar badiiy jamoasi raxbari, mayor Alisher Xamraev Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga etish zarurligini takidlab o’tdi.

Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Shu kuni O‘zbekistonning barcha qabristonlaridan ziyoratchilar arimaydi.

 

Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, Afg‘oniston urushida halok bo‘lganlar sho‘ro siyosatining begunoh qurbonlari sifatida eslanadi, umuman, o‘tganlar ruhi yodga olinadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.

Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga etish, urushni qoralash, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.