Toshken kimyo texnologiya institutining Sirdaryoliklarga moddiy yordami yuborildi.

05.05.2020

Bugun mamlakatimizning butun e’tibori, Sirdaryo viloyatiga qaratilgan. Toshken kimyo texnologiya institutining jamoasi ham ofat oqibatida Sardoba tumanidagi aziyat chekkan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  ularga moddiy yordam berish maqsadida Sirdaryo viloyatiga yordam ko‘rsatish xayriya shtabiga 14 xildagi oziq-ovqat, 12 xildagi kiyim-kechak, 10 xildagi ro‘zg‘or, 5 xildagi oshxona buyumlarini olib kelishdi.

  

 

 

Shuningdek, saxovatpesha insonlar tomonidan pul mablag‘lari ham yig‘ildi. Bugun ushbu mahsulotlarni o‘z manzillariga yetkazish uchun avtotransport vositasida jo‘natildi. Ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shgan TKTI ning barcha professor-o‘qituvchilariga, ishchi-xodimlariga, talabalariga hozirjavoblik va mehr-oqibat uchun tashakkur bildiramiz.

Hazrat Alisher Navoiyning bu baytlari bugun ko‘nglimizdan bot-bot o‘tmoqda: “Kim bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borikim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay”.