Biz siz bilan birgamiz, sardobaliklar!

03.05.2020

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 may kuni Sirdaryoda viloyatida ro‘y bergan favqulodda vaziyat sababli hukumat komissiyasi tashkil etilib, ofat oqibatlarini bartaraf etish, aholiga har tomonlama yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu kunning o‘zida viloyatga tashrif buyurgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bironta xonadon, bironta odam e’tibordan chetda qomasligini ta’kidlagan edi.

 

2-may kuni Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov boshchiligida institut jamosi va TKTI ning  Yangier filali jamoasi xam jabirlangan axoliga ruxiy ko‘mak berish maqsadida u yerga yetib borishdi va ayni daqiqalarda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turishibdi. Ular aholining turmush sharoiti bilan tanishib, muloqotlar olib borishyapti.

 

Uchrashuvlar davomida jami 54 ta oila bilan suxbat o‘tkazildi va ularga ruxiy dalda berildi.So‘rovnoma asosida ijtimoiy portret tuzildi.

 

Uchshuvlar paytida fuqarolar yuksak e’tibor uchun prezidentimiz, davlatimizga o‘z minnatdorchiligini bildirishmoqda