TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA TALABALAR TOSHKENT SHAHRIDAGI ADIBLAR XIYOBONIGA TASHRIF BUYURDILAR

02.06.2020

Ma'lumki, 2020-yil 20-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurgan edi. Yozuvchi va shoirlar, ziyolilar bilan uchrashgan yurtboshimiz milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor, muhim vazifalar haqida so‘z yuritib, “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, – dedi.

Prezidentimiz Adiblar xiyobonini adabiyot, ma'rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. Bunda faqat xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi ham ta'kidlangan edi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti uchun O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov haykali biriktirib berildiildi. 2020-yil 31-may kuni institut rektori B.Sh.Usmonov,        Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor B.Shermuhammadov, institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Adxamov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i D.Qoraboev, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar, shoir haykali poyiga gul qo‘ydilar.

Institut rektori B.Sh.Usmonov talabalarga Ibroyim Yusupovning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida gapirdi. Shior qoraqalpoq va o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkordir. U Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordeni sohibidir. 2004-yilda Ibroyim Yusupov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan.

    1929-2008 yillarda yashab, ijod qilgan Ibroyim Yusupov XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi.  Shu bilan birga, u o‘zbek adabiyotining ham yirik vakilidir.

 

Ma'lumki, Ibroyim Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi madhiyasining muallifidir. Yig‘ilganlar institut o‘qituvchilari R.Torejanova va A.Eshniyazovalar ijrosi etgan  ushbu madhiyaga jo‘r bo‘ldilar.

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi  mudiri G.N.Tavaldiyeva “O‘zbekiston-24” telekanaliga bergan intervyusida shoirning ijodiga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida gapirdi.

Ibroyim Yusupov o‘zining serqirra ijodi, betakror she'riyati, ko‘plab publitsistik asarlari bilan adabiyotda alohida o‘rniga ega. Uning “Baxt lirikasi” ,  “O‘ylar”, “yetti navo”, “Dala orzulari”,  “To‘maris”, “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo”, “Tuzli shamollar”, “Ko‘ngildagi keng dunyo”,  “Har kimning o‘z zamoni bor” kabi o‘nlab she'riy kitoblari va doston va poemalari allaqachon qoraqalpoq va o‘zbek xalqining adabiy mulkiga aylanib ulgurgan.

 Ibroyim Yusupov qardosh xalqlar va jahon adabiyoti durdonalaridan A.Pushkin, M.Lermontov, T.Shevchenko, J.Bayron asarlari, Shekspir sonetlari, Navoiy va Hofiz g‘azallari, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilgan. Shuningdenk, uning asarlari rus, o‘zbek, qog‘oq tili bilan bir qatorda ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar tillariga ham o‘girilgan.

 Institut talabalari Ibroyim Yusupovning vatan haqidagi she'rlarini yod aytishib, shoir ruhini shod etdilar.

 

 

Ibroyim Yusupov haykalini o‘rnatish  orqali Prezidentimizning  ulug‘ shoir xotirasiga, u orqali qoraqalpoq adabiyoti va xalqiga alohida ehtiromini ham namoyon etdi. Vatan va xalqini ulug‘lagan Ibroyim Yusupov haqiqatan ham  yuksak ehtiromga sazovor bo‘lgan ijodkor edi. Butun ijodiy  faoliyati Vatanga, xalqqa, ona zaminga muhabbat g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan  shoir ijodi yoshlar tarbiyasida har doim katta a'naviy manba bo‘lib xizmat qiladi.