INSTITUT TALABA-YOSHLARI O‘RTASIDA “ENG KITOBXON TALABA” ONLAYN TANLOVI O’TKAZILDI

06.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi, 2017-2021 yillar bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 4.5-bo‘limining 271-bandida belgilangan vazifalar xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning “To‘rtinchi tashabbusi - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash xamda Toshkent-kimyo texnologiya instituti rektorining 2020 yil 20 maydagi 308-son buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2-yun kuni Telegram tarmog’i orqali onlayn “Eng kitobxon talaba” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

O’tkazilgan tanlov yakunlari bo’yicha quyidagi:

        I o'rin Ismoilov Nodirjon Rustam o‘g‘li –33-19 guruh;

        II o'rin Arslonova Malika O‘tkir qizi – 27-19 guruh;

        III o'rin Otaxonova Asalxon Shuxratjon qizi– 57-19 guruh

 natijalar qayd etildi.

Google forms jildi orqali yaratilgan onlayn ro’yxatdan o’tish bo’limidan 28-30 may kunlari jami 36 nafar talabalar ro’yxatdan o’tdi.( Ro’yxat ilova qilinadi)

2 iyun kuni o’tkazilgan tanlovda ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilardan 31 nafari ishtirok etdi. 5 nafar ishtirokchilar noma’lum sabablarga ko’ra ishtirok etmadi.

Ishtirokchilarga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan tayyorlangan 100 ta savol 4 xil variantda tayyorlanib taqdim etildi.