TKTI-BGTU QOSHMA DASTURLARI MAGISTLARINING ONLAYN DISSERTATSIYA HIMOYASI

23.06.2020

2020 yil 22-iyun va 24 iyun kunlari Toshkent kimyo texnologiyalari institutida va Belorusiya davlat texnologiya universitetida ikkitomonlama magistrlik dasturlarida o'qigan talabalarning magistrlik dissertatsiyalarining onlayn himoyasi bo'lib o'tdi.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi TKTI va BGTU rahbarlari va professor-o'qituvchilarining qo'shma Davlat Attestatsiya Komissiyasi oldida bo'lib o'tdi. 22 iyun kuni 3 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi: "Silikat va qattiq metall bo'lmagan materiallar texnologiyasi" mutaxassisliklari bo'yicha Ergashev A., "Yog'ochga ishlov berish va yog'ochsozlik texnologiyasi" mutaxassisligi boyicha J.Mahmudov, "Noorganik materiallar texnologiyasi" boyicha I. Raxmanov, barcha magistrlar  "10" - a'lo bahoga himoya qilishdi.

 

Dissertatsiya himoyasi Ergashev Axmed. 22 iyun, 2020 yil

 

Dissertatsiya himoyasi I. Raxmanov, 22.06.2010 yil

 

Maxmudov J. tomonidan dissertatsiya himoyasi 22.06.2020 y.

24 iyun kuni 5 nafar magistrantning himoyasi bo’lib o’tadi.