2020 yil 9-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) va Mogilev davlat oziq-ovqat universiteti (MGUP) rektorlarining onlayn konferentsiyasi bo’lib o’tdi

10.07.2020

07.09.2020 y. soat 14.00 (Toshkent) / 12.00da (Mogilev) Toshkent kimyo- texnologiya instituti (TKTI) va Mogilev davlat oziq-ovqat universiteti (MGUP) rektorlarining onlayn konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Onlayn konferentsiyada qatnashdilar:

MGUPdan: Rektor Maksim Aleksandrovich Kirkor, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Igor Yurievich Davidovich, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Vera Sergeevna Mirenkova.

TKTIdan: Rektor Botir Shukurillaevich Usmonov, O'quv ishlari bo'yicha prorektor Toir Tursunovich Safarov, xalqaro ta'lim dasturlari bo'limi boshlig'i Anvar Normamatovich Shernaev, xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Zebo Abdullaevna Babaxanova.

 

TKTI rektori Botir Shukurillaevich Usmonov (chapda), MGUP rektori Maksim Aleksandrovich Kirkor (o’ngda). 09.07.2020 yil.

2019/2020 o'quv yilida O'zbekiston va Belorussiya hukumatlararo yo'l xaritasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Mogilev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda "2 + 2" formatida ikki tomonlama diplom tizimida kadrlar tayyorlash uchun quyidagi bakalavriat yo'nalishlarda Qoshma ta’lim dasturlari ishlab chiqildi va 48 nafar talaba oqishga qabul qilindi:

1.5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (non, makaron, qandolatchilik);

2. 5314700 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mashinalar va uskunalar.

Shuningdek, Mogilev davlat oziq-ovqat universiteti bilan birgalikda 2019-2020 o'quv yilida 3 ta magistratura mutaxassisliklari boyicha “Ikki tomonlama diplom" dasturi bo'yicha "1 + 1" formatida 7 ta magistrant quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha o'qishga qabul qilindi:

1. 5A321001 - Non mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo'yicha);

2.5A320311 - Pishirish uchun mashinalar va birikmalar;

3. 5A610101 - Xizmat ko'rsatish sohasi (ovqatlanishni tashkil qilish uchun).

2020 oquv yil qabuli boyicha TKTI-MGUP qo'shma bakalavriat va magistratura dasturlari uchun 2020 yil avgust oyida Toshkentda onlayn imtihonlarni tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi.

Belorussiyalik hamkorlar tomonidan yangi o'quv yo'nalishlarni ochish, shuningdek o'qitishning turli shakllarini, shu jumladan sirtqi o'qishni tashkil etishga katta qiziqish bildirdi: 2 + 2 formatida (bakalavriat, kunduzgi); "3 + 2" yoki "4 + 1" (bakalavriat, sirtqi) va boshqalar. 2020-2021 o'quv yiliga mo'ljallangan o'quv rejalarini tasdiqlash taklif qilindi.

TKTI-MGUP "1 + 1" Qoshma magistraturada oquvchi magistranbtlarni  Belorusiyaning Mogilev shahriga yuborish va COVID-2019 pandemiyasi sharoitida o'qishni davom ettirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Hamkorlar O'zbekiston va Belorussiya o'rtasida to'liq karantin muddati uzaytirilgan va reyslar bekor qilingan taqdirda o'qishni masofaviy shaklga o'tkazishni taklif qilishdi.

 

Shuningdek, MGUP qoshida TKTI professor-o'qituvchilarini masofadan turib onlayn o'qitish, malaka oshirish va stajirovka o’tish masalalari muhokama qilindi. Hozirgi kunda TKTI va MGUP o'qituvchilari tomonidan birgalikda TKTI-MGUP Qo’shma o’quv dasturlari bo'yicha o'quv jarayonini yuqori sifatda ta'minlash maqsadida hammualiflikda o'quv qo'llanma va darsliklar nashrga tayyorlanmoqda.

MGUP rektori Maksim Aleksandrovich Kirkor va TKTI rektori Botir Shukurillaevich Usmonov hamkor universitetlar o'rtasidagi aloqalarni nafaqat ta'lim sohasida, balki ilmiy-tadqiqot faoliyatda ham har tomonlama rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

 

TKTI xalqaro hamkorlik bo'limi