QS Top Universities web-saytida TKTI haqida ma’lumot joylashtirildi!

28.08.2020

2020 yilning 27 iyul kuni QS Top Universities reyting kompaniyasi vakillari Sergey Hristolyubov bilan TKTI rektori B.Sh.Usmonov, institutning halqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Z.Babaxanova ishtirokida onlayn –konferensiya tashkil etildi. Onlayn konferensiya davomida QS Top Universities reyting kompaniyasi hamkorligida TKTI ning halqaro reytinglarda o’rni, halqaro reyting tizimlari tomonidan OTMlarga qoyiladigan talablar bilan batafsil tanishib chiqildi.

29 iyul kuni O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Ilm 2020 Dasturi. QS Quasquarelli Symonds hamkorligida O’zbekiston Universitetlarini halqaro raqobatdoshligini oshirish” mavzusida halqaro onlayn konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada QS Top Universities reyting kompaniyasi vakillari Sergey Hristolyubov va QS maslaxat guruhi hodimlari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

 

 
QS Top Universities reyting kompaniyasi bilan halqaro onlayn videokonferensiya. 28.07.2020 y.

QS Top Universities reyting kompaniyasi vakillari O’zbekiston OTMlarini halqaro reytinglarda munosib o’rin egallashga o’z yordamlarini taklif etib, kelajakda OTM rivojlanish strategiyasida asosiy e’tiborni halqaro hamkorlikni rivojlantirish, institutda halqaro loyihalar, horijiy talaba va o’qituvchilar sonini oshirish, hamda ilmiy maqolalarni ilg’or chet el jurnallarida chop etish kabi vazifalarga qaratishni tavsiya qildilar.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining QS Quasquarelli Symonds kompaniyasi bilan yolga qoyilgan hamkorlik natijasida institut haqida ma’lumot ilk bora QS platformasida joylashtirildi. Bunday hamkorlik natijasida dunyo boyicha birinchi o’rin egallaydigan Top Universitetlar web-sayti orqali TKTI haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratildi (https://www.topuniversities.com/universities/tashkent-chemical-technological-institute)

 
QS Top Universities reyting kompaniyasi web-sahifasida TKTI haqida ma’lumotlar (https://www.topuniversities.com/universities/tashkent-chemical-technological-institute).

Kelajakda QS Quasquarelli Symonds halqaro reyting agentliigi bilan hamkorlikni rivojlantirish natijasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti dinyo boyicha ilg’or universitetlar safida tan olinishiga umid qilamiz.

 

Halqaro hamkorlik bo’limi