Shoir izidan…

26.09.2020

Joriy yilning 20-25-santabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Xalq shoiri, O’zbekiston Qaxramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodini o’rganish maqsadida Qoraqlpog’iston Respublikasida ekpeditsiyada bo’lib qaytdi. Safar davomida institut jamoasi, xususan, institut matbuot xizmati hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film suratga olish uchun materiallar to’plandi. Shoirning farzandlari, do’stlari, hamkasblari bilan uchrashildi va shoir yashagan, ijod qilgan hamda shoir nomi qo’yilgan o’quv maskanlariga tashrif buyurildi. Adibning bir qancha asarlari, fotosuratlari, qo’lyozmalaridan nusxalar olib kelindi. Ayni kunlarda institutda Ibroyim Yusupov muzeyi tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.