An'anaviy darslar boshlandi

16.11.2020

 

Joriy yilning 16-noyabr sanasidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining birinchi va toʻrtinchi bosqich talabalari uchun anʼanaviy taʼlimga start berildi. Institut hududiga kirishda barcha talabalarning haroratlari oʻlchanib, qoʻllari antiseptik vositalar bilan tozalandi. Auditoriyalarda talabalarning karantin qoidasiga amal qilgan holda darsda oʻtirishi nazoratga olinmoqda.

 

Talabalarni institut rahbariyati kutib oldi. Talabalarning niqobda kelishi, sanitar-gigiyenik tartib qoidalarga amal qilishlari institut tibbiyot xodimlari tomonidan kuzatilmoqda.

 

Dars boshlanishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi tinglanib, shundan soʻng dars jarayonlari boshlandi.