Vatanimiz bayrog'i-Vatan timsoli

19.11.2020

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida 2020 yil 18 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Vatanimiz bayrog'i-Vatan timsoli" shiori ostida "Davlat bayrog'i-Vatan timsoli" nomli  tadbir o'tkazildi. Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Tadbirni fakultet dekani Yo.T.Safarov ochib berdi va barchani O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilinganligining 29 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

 

Tadbirda 2-20 guruhi talabasi Eraliyeva Gulzoda ishtirokidagi go‘zal raqs barcha tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida talabalar o'rtasida  "Davlat bayrog'i-Vatan timsoli" mavzusida she'rxonlik bellashuvi o'tkazildi. Qizg‘in she’riy aytishuvga boy bo‘lgan bellashuvda 1-20 guruh talabasi Ravshanbayeva Yulduz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari orasida  O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi va 4-20 guruhi talabasi Quvondiqov Shoxrux g‘olib bo‘ldi.

Fakultet miqiyosida hafta davomida o‘tkazilgan "Eng yaxshi videorolik" tanlovida 12-20 guruhi talabasi Xudoyqulov Ravshan, "Eng yaxshi insho" tanlovida 1-20 guruhi talabasi Mirjalilova Zaxro g'olib deb topildi.

 

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha talabalarimiz fakultet dekanati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.