“Oliy ta’lim, Fan va ishlab chiqarish tizimida xalqaro hamkorliklar tizimini rivojlantirish” mavzusidagi onlayn uchrashuv natijalari amalga oshirilmoqda

26.12.2020

2020 yil 24 dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston, Daniya, Hindiston, Rossiya federatsiyasi, Belarus va Qozog‘iston respublikasining oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zR FA Mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligidagi “Oliy ta’lim, Fan va ishlab chiqarish tizimida xalqaro hamkorliklar tizimini rivojlantirish” mavzusidagi onlayn-uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

 

Mazkur uchrashuv doirasida erishilgan kelishuvlarga binoan 2020 yil 25-dekabr kuni K.G.Razumovskiy nomidagi Moskva texnologiyalar va boshqaruv davlat universiteti, G.G.Agabalyans nomidagi “Bijg‘ish mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va vinochilik” kafedrasi mudiri o‘rinbosari, dotsent Babaeva Mariya Vasilevna tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (qand, bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi)”, “Vinochilik texnologiyasi”, “Bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasi”  ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Vino degustatsiyasi” mavzusidagi onlayn dars mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi. Dastlabki dars mashg‘ulotlari 2020 yil 29-dekabrdan boshlanib, 2021 yil 29-fevralgacha davom etishi rejalashtirildi.