“Alisher Navoiy - millatimiz faxri”

09.02.2021

Xalqimizning ongi va tafakkuri, adabiyoti tarixida alohida o'rin tutgan, buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimiz faxri hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi shu kunlarda yurtimiz bo'ylab keng nishonlanyabdi. Xususan  shu yilning 8 fevral kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni institutimiz rektori B.Sh.Usmonov ochib berdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan buyuk shoir, mutafakkir, atoqli Davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy qalamiga mansub g'azal va ruboiylari yod olindi, hamda "Bahrom va Dilorom", "Navoiy va Guli" sahna ko'rinishlari ijro etildi.

 

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar ma'naviyat bo'limi boshlig'i A.A.Opayev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.