So'z mulkining sultoni tavalludining 580 yilligi

09.02.2021

Soʻz mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy, turkiy til tarixida, xususan, oʻzbek millati tarixida oʻchmas iz qoldirgan mutafakkirdir. Millatning ramzi hisoblangan oʻzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Alisher Navoiyga har qancha hurmat koʻrsatsak ham oz. Bugun erta tongdan Mir Alisher Navoiy xotirasini yod etish uchun Adiblar Xiyoboniga davlat arboblari, sanʼatkorlar, tashkilot rahbarlari, deputatlar, shoir va yozuvchilar va talaba yoshlar tashrif buyurishdi.

 
 

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri tashkil etilib, unda Xalqimiz ardogʻidagi yozuvchi va shoirlar, deputatlar, elchilar soʻzga chiqib nutq soʻzladilar.

 

Shundan soʻng Nizomiddin Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi tashkil etildi. Barcha darajadagi tashkilotlar, muassasalar, idoralar hazrat Navoiyga hurmat koʻrsatib, u zotning haykali poyiga gullar qoʻydilar. Xususan, institutimiz jamoasi ham bobmiz Mir Alisher Navoiy poyiga gullar qoʻyishdi.