TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI MENEJMENT VA KASB TA'DIMI FAKULTETI JAMOASI ALISHER NAVOIY TAVALLUD KUNI ADIBLAR XIYOBONIGA TASHRIF BUYURDILAR

10.02.2021

2021-yil 9-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Menejment va kasb talimi” fakulteti professor-o‘qituvchilari va bir guruh talabalari Adiblar xiyoboniga buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  ma'naviy-ma'rifiy tadbirga tashrif buyurdilar.

Tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, talaba va o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari hazrat Navoiyga ta’zim bajo keltirdilar va shoir, buyuk mutafakkir haykali poyiga gullar qo‘ydilar.

TKTI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor B.Sh.Shermuxammedov va   O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent G.N.Tavaldiyeva  tadbir  avvalida ishtirokchilarga Navoiy hayoti va ijodi, shaxsiyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning ibratli hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha institutimizga biriktirilgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri   Ibroyim Yusupov haykali yoniga bordilar. Ma'lumki, Ibroyim Yusupov ham o‘zbekning barcha shoirlari kabi Navoiyni o‘z ustozi deb bilgan va o‘z ijodida Navoiyni bot-bot eslagan.

U yerda talabalar Alisher Navoiy g‘azallaridan va Ibroyim Yusupovning xazrat Navoiyga atab yozgan she’rlaridan namunalar o‘qidilar.

 

Tadbir qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.