Noorganik moddalar kimyoviy texnolologiyasi fakultetida “El-yurt umidi jamg‘armasi” tanlovlarida ishtirok etish, chet elda o‘qishni davom ettirish mavzusida tashkil etilgan seminar-trening

13.02.2021

2021 yil 12 fevral kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida talaba-yoshlarning takliflariga ko‘ra “El-yurt umidi jamg‘armasi” tanlovlarida ishtirok etish, chet elda o‘qishni davom ettirish mavzusida zamonaviy bilim, ilg‘or ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan, “Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi tayanch doktoranti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2018 yilgi g‘olibi Erkinov Farruh Botir o‘g‘li ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Sh.Zulyarova, magistratura bo‘limi boshlig‘i M.D.Vapayev fakultet professor-o‘qituvchilari, fakultet talabalari hamda magistrlar ishtirok etishdi.

 

Tadbirni fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o‘rinbosari N.Sh. Zulyarova kirish soʼzi bilan boshladi. Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida ushbu yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilgani, bu dastur orqali ilk bor bakalavr yo‘nalishida 100 nafar o‘g‘il-qizlarni yuborish, keyingi yillardan 2-3 barobarga ko‘paytirilishi bo’yicha to‘xtalib o‘tdi.

 

Seminar-treningda Farrux Erkinov “El-yurt umidi jamg‘armasi haqida, ta‘lim dasturlari, tanlov tartibi, talablari, stipendiatlarga jamg‘arma tomonidan to‘lanadigan harajatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

Janubiy Koreyaning Ulsan Universiteti, “Materialshunoslik va injineriya” fakulteti magistratura dasturida ta’lim olgan Farrux Erkinov Ulsan universiteti, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi hamda “Smart materials lab” laboratoriyasi va ushbu laboratoriyada olib borgan ilmiy izlanishlari jumladan piezoelektrik keramika, elektronika, sensorlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, bugungi kundagi erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklar va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha taqdimot va video materiallari bilan juda qiziqarli ma’lumotlar berdi.

Yuqori kayfiyatda o‘tgan seminarda talaba-yoshlar qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Tadbir so‘nggida F.B. Erkinov eng yaxshi savol bergan talabalarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.