Toshkent kimyo-texnologiya instituti - Birlashgan Millatlar qoshidagi Barqaror rivojlanish menejmenti xalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga a’zo

25.03.2021

2018 yil 20 oktabrdagi 841-sonli “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son Rezolyusiyasiga muvofiq, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini O‘zbekistonda izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.

Qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2020 yilning 1 aprel kunidan boshlab Birlashgan Millatlar qoshidagi PRME (Principles for Responsible Management Education) Barqaror rivojlanish menejmenti qabul qilingan xalqaro universitetlar assotsiatsiyasida a’zo hisoblanadi: https://www.unprme.org/tashkent-chemical-technological-institute

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida quyidagi asosiy milliy maqsad va vazifalar belgilangan:

• Barcha joylarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish (1-maqsad);

• Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish  (2-Maqsad);

•  Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish (3-Maqsad);

• Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish (4-Maqsad);

• Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish. (5-maqsad);

• Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash (6-maqsad);

• Arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini ta’minlash (7-maqsad).

•  Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish (8-Maqsad ).

• Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish (9-maqsad).

• Mamlakat ichida tengsizlikni uning barcha ko‘rinishlarida qisqartirish (10-maqsad).

• Shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash (11-maqsad).

• Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tishni ta’minlash. (12-maqsad).

• Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish. (13-maqsad).

• Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish (15-maqsad).

• Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish (16-maqsad).

• Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish (17-maqsad).

 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti PRME (Principles for Responsible Management Education) ga a’zo bo‘lib, oltita asosiy tamoyil asosida ishlaydigan PRME kelajakda iqtisodiyot va ishlab chiqarishlar yetakchilarga barqaror maqsadlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlashni, shu bilan birga Barqaror rivojlanish maqsadlariga aloxida e’tiborni qaratadi va akademik muassasani BMTning global faoliyati bilan muvofiqlashtiradi.

Bugungi kunda PRME dunyo bo‘ylab 800 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida erkin akademik assotsiatsiya sifatida birlashtiradi.

Amaldagi va kelajakdagi menejerlarning rivojlanishida ishtirok etadigan oliy o‘quv yurt sifatida  Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘z faoliyatida  6 asosiy tamoyillarni amalga oshiradi:

 

1-tamoyil | Maqsad

Talabalarning kelajakda biznes va jamiyat uchun barqaror qiymat ishlab chiqaruvchisi sifatida o‘qitish, inklyuziv va barqaror global iqtisodiyot uchun ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

 

 

 

 

2-tamoyil | Qiymatlar

O‘quv faoliyat, o‘quv rejalar va tashkiliy amaliyotda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi kabi xalqaro tashabbuslarda aks ettirilgan global ijtimoiy javobgarlik qadriyatlarini kiritish.

 

 

 

 

3-tamoyil | Usul

Samarali o‘quv tajribalarini yaratishga imkon beradigan o‘quv reja, kurslar, materiallar, jarayonlar va muhitlarni yaratish.

 

 

 

 

4-tamoyil | Tadqiqot

Barqaror ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy qiymatni yaratishda korporatsiyalarning o‘rni, dinamikasi va ta’siri to‘g‘risida tushunchani yaxshilaydigan konseptual va empirik tadqiqotlarni rivojlantirish.

 

 

 

 

5-tamoyil | Hamkorlik

Ijtimoiy va ekologik majburiyatlarni bajarishda ularning muammolari to‘g‘risida bilimlarni kengaytirish va ushbu muammolarni hal qilishda birgalikda samarali yondashuvlarni o‘rganish uchun biznes korporatsiyalari menejerlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasida integrasiyani rivojlantirish.

 

 

 

6-tamoyil | Muloqot

O‘qituvchi, talaba, biznes, hukumat, iste’molchilar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida global ijtimoiy javobgarlik va barqarorlik bilan bog‘liq muhim masalalar bo‘yicha dialog va munozaralarni olib borish, muloqotni qo‘llab-quvvatlash.