TURKUM MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIRLAR OʻTKAZILDI

31.03.2021

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshchiligida targʻibot-tashviqot yoʻnalishida bir qancha turkum tadbirlar tashkil etildi. Xususan, VTSU fakultetida «Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay», OOMT fakultetida «Men diniy ekstrimizm va terrorizmni qanday tushunaman», YOBKT fakultetida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz», NMKT fakultetida «STOP OITS» va MKT fakultetida «Ogohlik – davr talabi» mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirlarda tegishli idora va tashkilotlardan vakillar ishtirok etib, tadbir mavzusining mohiyati ochib berilishiga oʻzlarining hissalarini qoʻshdilar.