Toshkent kimyo texnologiya instituti delegatsiyasining Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetiga tashrifi.

26.08.2021

Toshkent kimyo texnologiya instituti va Belorussiyaning 2 ta OTM lari o'rtasida tashkil etilgan 2+2 qo'shma dasturi asosida 43 nafar bakalavr va 3 nafar magistrlar Beloruss Respublikasining Minsk shahriga jo'nab ketishgan edi.

 

Xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlarni oʻqitish boʻlimi boshligʻi Shernayev Anvar Normamatovich boshchiligidagi professor-oʻqituvchilar jamoasi oʻtgan 2 kun davomida. Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi;

  • talabalar tahsil oladigan fakultetlar, fakultet dekani, kafedra mudiri va kurs rahbarlari bilan tanishtirildi;
  • barcha talabalarni universitetning zamonaviy, taʼmirlangan Talabalar turar joylariga joylashtirildi;
  • barcha talabalar qayta koʻrikdan oʻtkazildi.  

 

25-avgust kuni institutimiz delegatsiyasi Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti prorektori, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida:

  • qoʻshma dasturlarning istiqbollari;
  • professor-oʻqituvchilar va talabalarning “stajirovka”lari
  • 2 OTM oʻrtasida yangi oʻquv dasturlari tuzish;
  • yangi 2021/2022 yilgi qabul kvotalari masalalariga alohida toʻxtalib oʻtilib, kelajakda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.