Yangi 2021/2022-o‘quv yiliga start berildi!

06.09.2021

Kuni kecha barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Toshkent kimyo texnologiya instituti ham o‘zining birinchi kursga qabul qilingan yangi talabalarini kutib oldi. 2021-2022-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimida institut rektori O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi va 2021-2022 o'quv yilining boshlanish munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" deb nomlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

 

 

Tadbirini institut rektori Botir Shukurillayevich Usmonov o'z nutqlari bilan ochib berdilar. 1 kursga qabul qilingan talabalarni va ota-onalarni Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, tabriklab, kelajakdagi o'qish va ishlariga omad va zafar tiladilar.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich  barchani institut nizomi, tartib qoidalar, yo'nalishlar bo'yicha to'liq ma'lumot berdilar.

 

Qariyb bir yarim yil davom etgan online tarzdagi ta’limdan so‘ng an’anaviy darslarga qaytgan katta kurs talabalarining esa cheksiz quvonchlarini ko‘zlaridan ko‘rish mumkin edi.

6-sentyabrdan boshlangan o‘quv jarayonlarida birinchi kurs talabalari uchun 3 kun davomida tanishtiruv, mustaqillik darslari va ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Toshkent kimyo texnologiya instituti o‘zining barcha talablariga yangi o‘quv yilida omad tilab qoladi!