Janubiy Koreyalik Professor Lee Geun Seong shartnoma asosida Toshkent kimyo texnologiya institutiga ishga qabul qilindi.

10.09.2021

10-sentyabr kuni Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov va professor Lee Geun Seong oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

2018 yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-son qarorining 10-bandi va 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash, Janubiy Koreya Respublikasi yuqori malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda institutsional salohiyatni rivojlantirish, oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarda hamkorlikni taʼminlash maqsadida Koreya Respublikasi fuqarosi Lee Geun Seong shartnoma asosida 1,0 shtat birligi professor (PhD) lavozimiga ishga qabul qilindi.

 

 

Bundan tashqari uchrashuvda professor oʻzining ulkan tajribalarini Oʻzbekiston sement korxonalarida joriy etish, Respublikada “Yashil texnologiyalar”ni rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi va tegishli tashkilotlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi belgilandi.