Ibroyim Yusupov haqidagi “Ashiq ayaz” hujjatli filmi premyera qilindi

13.09.2021

13-sentyabr kuni Toshkent kimyo texnologiya institutiga biriktirilgan adib Ibroyim Yusupov hayoti va ijodini keng ommaga yoritish maqsadida "O'zbekkino" milliy agentligi tomonidan sur'atga olingan "Xalq yuragi" hujjatli filmlardan biri, "Qoraqalpoqfilm" studiyasi tomonidan sur'atga olingan uzoq kutilgan "Oshiq Ayaz" hujjatli filmining premyerasi bo'lib o'tdi.

Premyera avvalida Ibroyim Yusupov haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib, institutda amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdilar.

Film premyerasida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Shuxratulla Tursunovich Rizayev agentlik tomonidan "Xalq yuragi" hujjatli filmlar turkumi haqida ma'lumot berib, Ibroyim Yusupov haqidagi hujjatli film ushbu filmlarning "Gultojisi" bo'ladi deb fikr bildirdilar.

Premyera davomida “OSHIQ AYAZ” filmi Ssenariy muallifi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Muratbay Nizanov hamda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Orazbay Abdiraxmanovlar ham oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashib, adibning ijodiy faoliyatlariga alohida toʻxtalib oʻtib, film ssenariysini yozishda nimalarga alohida eʼtibor berilgan ekanligi haqida maʼlumot berdilar.

 

Ijodjor talabalarimiz tomonidan adibning ham o'zbek ham qoraqalpoq tilidagi she'rlari katta mahorat bilan yod olindi.

Shundan soʻng film premyerasi boshlandi... 31 daqiqa

Ajoyib montaj, ovozlar, sheʼrlar juda ajoyib tanlangan. Adib bilan birga faoliyat yuritgan shogirdlari, hamkasblari va albatta qizlari Oyjamol Yusupova. Ulardan OAVda, gazeta, jurnallarda eʼlon qilinmagan kechinmalar, maʼlumotlar va albatta xotiralar. Adibni yana bir bor, yangi qirralarini yangi rakursdan kashf etishga zamin yaratgan film. Film Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand viloyati, Buxoro viloyatlarida surʼatga olingan.

Film premyerasidan so'ng Ibroyim Yusupov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan mashhur shoir "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi",  Muhammad Ali shoirning sheʼrlarini tarjima qilayotgandagi ichki kechinmalari, his tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi.