Toshkent kimyo-texnologiya instituti Germaninyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlik qiladi

08.10.2021

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov Germaniyaning “Xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish tashkiloti” GIZ masʼul xodimlari bilan 2021 yil 8 oktyabr kuni institutda uchrashuv boʻlib oʻtdi.

GIZ vakolatxonasi rahbarlari Rolf Piter — GIZ “Markaziy Osiyodagi iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun kasbiy taʼlim” mintaqaviy loyihasi rahbari, Tomas Lyuks — GIZ “Markaziy Osiyodagi iqtisodiy oʻsish sektorlari uchun kasbiy taʼlim” mintaqaviy loyihasining katta maslahatchisi hamda Djaxongir Djuraev — GIZ “Markaziy Osiyodagi iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun kasbiy taʼlim” mintaqaviy loyihasining milliy koordinatori institutning rektori B.SH.Usmonov, Oʻquv ishlar boyicha prorektori T.T.Safarov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Z.A. Babaxanova, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.Baltabaev, OOT yoʻnalishi professor oʻqituvchilari R.Akramova, G.Djahangirovalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikning eng asosiy maqsadi professor-oʻqituvchilar tomonidan ilgari surilayotgan ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, moliyalashtirish, professor-oʻqituvchilarni chet el davlatlariga amaliyotga yuborish, hamkorlik doirasida Germaniyalik professor-oʻqituvchilarning talabalarimizga ochiq darslar tashkil etish muhokama etildi.

 

 

GIZ xodimlarining maʼlumotiga binoan “Markaziy Osiyodagi iqtisodiy oʻsish tarmoqlari uchun kasbiy taʼlim” mintaqaviy loyihasi 10 yil davomida faoliyat yuritib, hozirgi vaqtda 5-yakuniy bosqichga keldi. Loyiha oliy taʼlim va oʻrta kasb taʼlimi tizimida oquv faoliyatni muvofiqlashtirish va tajriba almashinishga bagʻishlangan.

Uchrashuv davomida institutning oʻquv va ilmiy faoliyati boʻyicha video rolik namoyish etildi, GIZ tashkiloti rahbarlari institutning oziq ovqat yoʻnalishi oʻquv laboratoriyalari va un ishlab chiqarish zamonaviy texnoparki bilan tanishtirildi. Natijada ikki davlat taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlik, turli xil taʼlim dasturlar tashkil etish, har ikki tomonning taʼlim tizimidagi islohotlar yuzasidan fikr almashindi va hamkorlik qilishga kelishildi.

Xalqaro hamkorlik boʻlimi