Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Fransiyaning École Nationale Supérieure de Chimie de Rennes (Milliy kimyo maktabi, Renn) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

07.10.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4037-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  2021 yil 30-sentyabrdagi 411-son  buyrug‘i asosida  2021-yil 7-9 oktyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “O‘zbekiston - Fransiya ta’lim forumi” tashkil etildi.

7-oktyabr kuni “Oʻzbekiston-Fransiya taʼlim forumi” da institut rektori B.Sh.Usmonov, o’quv ishlar boyicha prorektori T.T.Safarov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’I Z.A. Babaxanovalar qatnashdi. Forumda ikki davlat taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlik, qoʻshma dasturlar tashkil etish, har ikki tomonning taʼlim tizimidagi islohotlar yuzasidan fikr almashindi va Fransiyaning qator universitetlari bilan muzokaralar olib borildi.

 

 

Jumladan Fransiyaning École Nationale Supérieure de Chimie de Rennes (Milliy kimyo maktabi, Renn) va institutimiz oʻrtasida Hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kimyo va kimyoviy texnologiya yoʻnalishlarida hamkorlik ishlar rejalashtirildi:

- TKTI akademik litseyida fransuz tilini oʻqitish masalasi,

- qoʻshma akademik dasturlarini tashkil etish; 

- magistrantlar va doktorantlar uchun akademik almashinuv dasturlari;

- qoʻshma tillarni oʻqitish sohasida hamkorlik; 

- Erasmus + dasturi boʻyicha qoʻshma loyihalar tashkil etish kabi hamkorliklarga kelishildi.  

 

 

Fransiyaning École Nationale Supérieure de Chimie de Rennes (Milliy kimyo maktabi, Renn) institut Kimyo dasturlari koordinatori prof. Le Bozec va Enginiring kimyo maktabi xalqaro hamkorlik bo’limi hodimi T.Panfilkinalarga institutning esdalik sovg'alari topshirildi.

Forum doirasida Bordo Universiteti bilan “Enologiya” yonalishida hamkorlik, Poitier Universiteti bilan “Suvni tozalash texnologiyalari” yonalishlarida hamkorlik etishga kelishildi.

 

Xalqaro hamkorlik bo’limi