Toshkent kimyo texnologiya insituti rahbariyatining Obuda universiteti rektori prof. Levente Kovach bilan uchrashuvi

12.10.2021

12 oktyabr kuni Obuda universiteti rektori prof. Levente Kovacs va Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Monika Pogatsnik Toshkent kimyo -texnologiya institutiga tashrif buyurishdi.

 

 

Obuda universiteti-140 yillik tarixga ega institut. Bugungi kunda bu Vengriya oliy ta'limining asosiy universiteti va 12000 dan ortiq talabalari bilan Vengriyada texnik ta'lim beradigan etakchi amaliyotga yo'naltirilgan o'quv muassasasi.

 

Muhokama natijasida tomonlar ta'lim sohasidagi hamkorlik, turli ta'lim dasturlarini tashkil etish, har ikki tomonning ta'lim tizimidagi islohotlar yuzasidan fikr almashdilar va hamkorlik to'g'risida kelishib oldilar. Xususan, TKTI bilan hamkorlikda bakalavr va magistratura uchun yangi ikki bosqichli dasturlarni ochish rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida oliy o'quv yurtlari o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda "Materialshunoslik", "Texnologik menejment" yo'nalishlarida ta'lim va tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi, institutning o'quv va ilmiy faoliyati haqida video ko'rsatildi, Obuda universiteti rahbarlari institutning o'quv laboratoriyalari va un tegirmoni uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy texnopark bilan tanishtirildi.