Germaniya Halqaro hamkorlik tashkiloti GIZ tomonidan o‘tkazilgan mintaqaviy konferensiyada institut xodimi ishtirok etdi

23.11.2021

2021 yil 16-18 noyabr kunlari  Qozog‘istonning Olmaota shahrida Germaniya Halqaro hamkorlik tashkiloti GIZ tomonidan o‘tkazilgan «Markaziy Osiyoda xususiy sektorlar va ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik» mavzusidagi mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘shni davlatlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) vakillari bilan bir qatorda TKTI Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti Djaxangirova G.Z., O‘zR OO'MTV, O‘zR bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,  O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi va OTM malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

3 kunlik tadbir yakunida Markaziy Osiyoda oziq-ovqat sanoati sohasida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, qabul hamda bitiruv imtihonlarini tashkil etish, attestatsiya jarayonlari ishlab chiqildi.