“Kimyo va qurilish sanoatida innovatsion texnologiyalar va dolzarb ekologik muammolarni hal etish” mavzusida Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

24.11.2021

23-24-noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Kimyo va qurilish sanoatida innovatsion texnologiyalar va dolzarb ekologik muammolarni hal etish” mavzusida xorijlik ishtirokida Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya o'tkazilishidan eng asosiy maqsad kimyo texnologiyasi va qurilish materiallari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining holati va rivojlanishini tahlil qilish, yangi samarali texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va yangi materiallar yaratish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish, ilmiy-texnikaviy axborot almashish, kimyo sohasida taʼlimni takomillashtirishdan iborat. 23-noyabr kuni konferensiyaning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Konferensiyani institut rektori. B.Sh.Usmonov ochib berdilar. Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi A.T.Djalilov, deputat, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” AJ fan bo‘yicha raisi A.A.Bahodirov va kafedra mudiri A.Ibragimovlar so‘zga chiqdilar.

 

 

 

Konferensiya respublika miqyosidagi anjuman bo‘lib, unda MDH davlatlaridan Toshkent kimyo-texnologiya institutining xalqaro hamkorlari bo‘lgan xorijiy ishtirokchilar ishtirok etishdi. Konferensiya respublikadan kelgan ishtirokchilar uchun oflayn rejimda, chet eldan kelgan ishtirokchilar uchun esa onlayn rejimda o‘tkazildi.

 

 

2021-yil 1-sentabrdan 1-noyabrgacha boʻlgan davrda konferensiya elektron pochtasiga 80 dan ortiq tezis va maʼruzalar kelib tushgan boʻlib, ulardan 15 tasi Belarus va Rossiya kabi davlatlardan 3 ta xorijiy universitetlar ishtirokchilaridan, qolganlari esa respublikaning bir qancha OTMlaridan kelib tushdi.

 

 

Plenum ochilishi konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalari bilan davom etib, tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. 24-noyabr kuni konferensiya 3 seksiyaga boʻlingan holda davom etadi.