Posco International korporatsiyasi rahbariyati tashrifi

24.11.2021

24-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Posco International korporatsiyasi Vitse-Prezidenti va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Lee Chang Hoon,Kim Kyung Min, Park SANG WOO, Kim Djemma (loyiha koordinatori) ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “Oʻzbekiston yoshlarini taʼlim sohasida qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu uchrashuv, mamlakatimizga texnik mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun taʼsis etilgan maxsus stipendiya gʻoliblarini taqdirlash maqsadida tashkil etildi.

 

 

Korporatsiya 3 yildan buyon  institutning 10 nafar iqtidorli, oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon, jamoat ishlarida faol va tashabbuskor talabalariga moddiy yordam koʻrsatib keladi. Maxsus stipendiya miqdori 500$ tashkil etib, unga institutimizning eng munosib talabalari loyiq deb topildi. Korporatsiya Vitse-Prezidenti Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Shukurillayevich Usmonov bilan birgalikda tashrif doirasida 10 nafar talabaga faxriy diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

 

 

Lee Chang Hoon talabalarning kelajakdagi oʻqishlari va ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Tashrif doirasida institut rektori va Posco International korporatsiyasi Vitse-Prezidenti kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishib oldilar.

Talabalarga kelajakda omad va zafarlar tilaymiz hamda mamlakatimiz texnika sohasini jahon maydonlariga olib chiqishlariga ishonamiz.