Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov Belorussiya davlatining oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.

25.11.2021

TKTI rektori B.Sh.Usmonov Belorussiya davlatining oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti dotsenti t.f.n.,Kirik Igor Mixaylovich, Belorussiya–Rossiya davlatlar aro qoʻshma universiteti kafedrasi mudiri Shur Aleksandr Vasilyevichlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator masalalar:
- 2021-2022 oʻquv yilida 1-kursga kunduzgi va sirtqi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar uchun oʻquv rejalarini muvofiqlashtirish;
- TKTI tarkibidagi texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqish;
- hamkorlikdagi oʻquv – uslubiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash;
- Belorussiya – Rossiya davlatlar aro qoʻshma universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha kelishuv shartnomasini tuzish;
- Oʻquv va ilmiy sohada hamkorliklarni oʻrnatish hamda tayanch doktorantura (PhD), doktorantura(DSc)  boʻyicha hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
- Hamkorlikda ilmiy-innovatsion loyihalarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilindi.