"Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

25.11.2021

"Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida  uchrashuv tashkil etildi.

Bugun Toshkent kimyo texnologiya institutida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida  talaba–yoshlar bilan  uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbirda institut rektori Botir SHukurillaevich Usmonov,  Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori, Muxamedov Neʼmatullo Asatullaevich, Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, Eshbekov Toʻlqin Usmonovich ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib oʻtildi. Maʼnaviy barkamollikka eltuvchi yoʻldagi eng asosiy sifatlar va jihatlarga oid tajribaviy-tavsiyaviy xarakterdagi maʼlumotlar ishtirokchilarda qiziqish uygʻotdi.

Tadbir soʻngida, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi vakillar atroflicha, hayotiy misollar asosida javob berib, oʻz tavsiya va maslahatlarini berib oʻtishdi.